“ Mudarabah “ sherikchilikni bir turiki: partnerlarda biri boshqasiga tijorat korxonalariga investitsiya qilishi uchun pul mablag’i beradi. Investtisiya 1-partner dan keladi, va u investitsiyachi “ rabb-ul-mal “ deb ataladi. Boshqaruv va ishlar da ma’suliyat esa boshqa odamning qo’lida bo’ladi, u esa “ mudarib “ deyiladi.
Musharaka va Mudaraba ning farqlarini quyidagilar bilan ajratib olsak bo’ladi:
(1) Musharaka dagi investitsiya barcha a’zolardan keladi, mudaraba da esa pul ni faqat rabb-ul-mol beradi
(2) Musharakada, har bir azo o’z bo’yniga biznesning qaysidir qismini yoki ishni ma’suliyatini olish huquqiga ega, mudaraba da esa rabb-ul-mol odami bunday ishlarga aralashishga huquqi bo’lmaydi.
(3) Musharakada barcha sheriklar yo’qotishlarni investitsiya qiymati bilan ajratib olishadi, yo’qotishlar mudarabah da esa faqat rabb-ul-mal zarar ko’radi, chunki undan boshqa hech kim ( mudarib ) investitsiya qilmagan.
(4) Musharakada parnerlarning javobgarligi, majburiyatlari cheklanmagan bo’ladi. Shuning uchun, Majburiyatlar haddan tashqari ko’p bo’lib ketsa, har bir odamga bo’linib beriladi. Mudorabada esa, rabb-ul-mol ning ishi bu faqat mablag’ berish holos.
(5) Musharakada, partnerlarga foyda ular qilgan investitsiyaga proportsiya qilinib ajratiladi. Mudarabada boshqacharoq. Mudarib tomonidan sotib olingan har qanday tavar, mahsulot, homashyo hammasi rabb-ul-mal ga tegishli hisoblanadi, va mudarib esa shu tovarlarni qimmatroqga sotib foydadan o’z ulushini olishi mumkin holos. Shuning uchun, har qanday tavardan u o’z ulushini talab qilishga haqli emas, chunki tavarlar birovniki, mudarib esa shunchaki ularni boshqaradi, ular ustida ishlaydi, qimmatga sotadi. Va sof foydadan o’ziga ulush qoldira oladi holos. INvestitsiya qilingan pulni esa foydaga qo’shib qaytarib berishi kerak holos. Mudarib bu shunchaki dallol desak ham bo’ladi.
Business of the Mudarabah | Mudaraba biznes
rabb-ul-mal mudarib ga bir necha bizneslar uchun pul berishi mumkin. Mudarib esa bu pullarni belgilangan\cheklangan holda har bir loyiha\biznes uchun ajratadi. rabb-ul-mal investitsiya qilganda qaysi biznesga qancha ekanligini belgilab qo’yishi mumkin. Bu esa “ al-mudarabah al-muqayyadah ” deb ataladi. Agar investor belgilab qo’ymagan bo’lsa yoki mudarib ga tanlash imkonini, pullarni ajratishga imkon\ruxsat berib qo’ygan bo’lsa, u bu ishni qilishga haqli va bu “ al-mudarabah al-mutlaqah “ deyiladi.
Va yana, rabb-ul-mal bir dona tranzaktsiya ( pul jo’natish\ajratish ) bir-necha kishi bilan ham mudarib shartnoma tuzishi mumkin. Bunda bir kishi investor, qolganlari esa mudarib lar bo’ladi. Mudariblar ishni bajaradi, lekin rabb-ul-mall ga hisobot beruvchi, yoki adminlik qilib turuvchi odam esa mudariblarda bir kishi bo’ladi. Mudariblar biznesni boshqarishga haqli hisoblanadi, nechta bo’lishidan qat’i nazar.
Sezganimizdek, mudarabah bu oddiy termin, uni hayotda ko’radigan bo’lsak.
2 kishi biznes ochmoqchi, startup\loyiha qilmoqchi, ularda esa pul yo’q. Investor ( rabb-ul-mal) topishadi, va hujjat asosida bitim tuzishadi. Agar bzines zarar ko’rsa mudarib lar zarar ko’rmaydi, agar biznes foyda olsa investorga ajratishadi, agar investor hohlasa foydani olgandan keyin o’z investitsiyani qaytarib olishi mumkin. Mudariblarga esa foydadan qanchadir ulush qoladi holos. Va Albatta mudarib chilar Biznes ga oid ogohlantirilmagan qo’shimcha ish qilishmoqchi bo’lsa buni investorga habar qilishlari kerak, kerak bo’lsa u bilan maslahatlashishadi.
Foydani tarqatish
Sof foydadan bo’lishishni Rabb-ul-mal hal qiladi. Agar Rabb-ul-mal mudaribga sen foydadan 30% olasan desa, u 30% olishi shart. Rabb-ul-mal esa qolgan 70% ni va o’z investitsiyasini qaytarib oladi.
Tarjimondan
Xatolar uchun uzur
keyingi mavzu: Murabah